Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining xabar berishicha, ushbu vaqt davomida mobil POS-terminallarning protsessing markazi serverlari bilan aloqasi yo‘qolib qolgan. Hodisa aloqa uskunalari ishidagi uzilishlar tufayli ro‘y bergan.
 
Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi PR-xizmati vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.