«Hozirgi raqamlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, eng quyi manzil — 3212 dollar, — deb yozadi Ja'fariy. — 3915 dollarlik ko‘rsatkichga yetish salohiyati bor. Albatta, buning uchun biroz vaqt kerak».
Shu kunlarda bitkoinning bozor kapitallashuvi 42 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Agar, Ja'fariy prognozi to‘g‘ri chiqsa, kriptovalyuta bozor kapitallashuvi 60 mlrd dollardan oshib ketadi. Bitkoin kursi yil boshidan beri 150 foizga o‘sdi.
Shu bilan birga, ta'kidlash joiz, so‘nggi haftalarda kriptovalyuta barqaror emas — 11 iyun kuni uning qiymati tarixiy rekordni (3025 dollar) qayd etdi. Biroq, bir hafta ichida 800 dollarga arzonlashib, 2185 dollarga yetgan edi.










