Xususan, 4 eshikli avtomobil original dizaynli diod chiroqlarga ega bo‘ladi. U bitta yotiq va uchta tik diodlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, suratda orqa chiroqlar qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. 

Yangi Audi A8 tizeri

A8 taqdimoti 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalgi tizerlarda sedanning ayrim qiziqarli jihatlariga e'tibor qaratilgan edi. Oyoqlarni uqalash va mustaqil avtoturargohga joylashish tizimi shular jumlasidan, deb yozadi motor1.com sayti.

Yangi Audi A8 tizeridagi orqa chiroqlar ko‘rinishi

Audi kompaniyasi, yangi avtomobil uchun avtopilot haqida ham so‘z yuritgan. Sedan mustaqil ravishda tezlashadi, sekinlashib to‘xtaydi hamda soatiga 60 km tezlikda manyovr qila oladi. Bunda qo‘lni doimiy ravishda rulda ushlab turish talab etilmaydi. 

Model yangi podveska, turli motorlar to‘plami va mild hybrid (MHEV) gibrid tizimi bilan jihozlanadi.