"Audi"da yangi avloddagi A8 versiyasining miqdorini ancha kengaytirish rejalashtirilmoqda. Modelning "Maybax" va "Pulman"ga raqobatchi versiyalaridan tashqari, kupe kuzoviga ega versiyasi ham paydo bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari,  Knirsh keyingi A8 avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlanishini tasdiqladi. Avtopilot modelga odam ishtirokisiz avtoturargohda, tirbandlik sharoitida harakatlanishga hamda 60 km/soat tezlik bilan mustaqil yurishga imkon beradi.

Keyingi Audi A8 2018 yilgacha paydo bo‘lishi kutilmoqda. Modelning motorlar qatoriga avvalgidek W12 dvigateli kiradi, uning ishchi hajmi 6,3 litrdan 6,0 litrga kamaytiriladi. Bunda uning quvvati 500 ot kuchidan 585 ot kuchigacha oshadi. Modelning "quvvatlangan" versiyasi 4 litrli 8 silindrli dvigatel bilan jihozlanishi davom ettiriladi, uning quvvati 520 ot kuchidan 580 ot kuchigacha oshiriladi.