Ma'lum qilinishicha, ma'lumotlar o‘tkir buyrak yetishmasligini aniqlash va tashxislash tizimini sinovdan o‘tkazish uchun taqdim qilingan. 

"ICO taftishi ma'lumotlar bilan ishlashda ba'zi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatdi, jumladan bemorlar ularning ma'lumotlari sinovlar uchun qo‘llanishidan xabardor etilmaganlar", deyilgan xabarda. Kompaniya vakillaridan kamchiliklarni qonunchilikka mos ravishda to‘g‘rilash so‘ralgan.

DeepMind kompaniyasi 2014 yildan Google’ga tegishli bo‘lib, sun'iy ongni rivojlantirish bilan shug‘ullanib keladi.