23 yoshli xavbek Germaniya termasini maydonga boshlab tushdi. Avval xabar berganimizdek, uning jamoasi Konfederatsiyalar kubogi – 2017 musobaqasining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Chili termasining 28 yoshli hujumchisi Aleksis Sanches "Kumush to‘p", Germaniya jamoasining yana bir yosh a'zosi, 22 yoshli Leon Goretska "Bronza to‘p"ga munosib ko‘rildi.
Konfederatsiyalar kubogining "Oltin to‘p"ini braziliyaliklar Denilson (1997 yil), Ronaldino (1999), Adriano (2005), Kaka (2009), Neymar (2013) hamda fransuz Rober Pires (2001) va Terri Anri (2003) qo‘lga kiritishgan.











