Nashrning ta'kidlashicha, deputatlar bunday qarorni Falastin hududlarini bosib olgan Isroil bilan aloqa qilmaydigan ko‘pchilik arab davlatlari kabi " Bahraynning Isroilga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmaganini tasdiqlash" maqsadida qabul qilishgan.
Bahrayn Isroil delegatsiyasi may oyida Manamada bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida ishtirok etgani uchun arab dunyosining Isroil bilan munosabatlari normallashishiga qarshi chiquvchi arab tashkilotlari tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Qirollikda Fors ko‘rfazi davlatlari orasida eng katta yahudiylar jamoasi yashaydi. Bahrayn poytaxti Manamada esa sinagogada tashkil etilgan yahudiylar muzeyi bor. Bahraynlik yahudiylar qirollik hukumatida, parlamentida va yirik kompaniyalarida yuqori lavozimlarni egallaydilar. Ular boshqa davlatlardagi, jumladan Isroildagi yahudiy jamoalari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlab turadilar.











