Qo‘riqxona nazoratchisi Reynjyer Robertsonning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni juda issiq, quruq havo bo‘lgan va begemotlar suv manbaini "raqib"dan himoya qilishga harakat qilishgan.

"Begemotlar qurg‘oqchilikda juda tajovuzkor bo‘lishadi... Bu go‘yoki buldozerning ishiga qarashdek gap. Mislsiz kuch", - deydi Robertson.

Manbada ta'kidlanishicha, begemotlar Afrikaning eng xavfli jonivorlaridan biri hisoblanadi. Ular bir yilda 500 ga yaqin kishining o‘limiga sababchi bo‘ladi.