"Taxmin qilishimizcha, 15 metrlik tunnelni qazish uchun bir haftadan ko‘proq vaqt ketgan", deb aytdi turma direktori. Ma'lum qilinishicha, tunnel eni 50-75 sm bo‘lgan va u turma devori ostidan o‘tib, turma yaqinidagi yo‘lda tugagan.

Politsiyaning taxminicha, qochoqlar hali ham orolda, turma yaqinida qolmoqdalar.

Nashrning yozishicha, turmadan 33 yoshli avstraliyalik, 43 yoshli bolgariyalik, 50 yoshli malayziyalik va 31 yoshli hindistonlik qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, avstraliyalik  boshqa odamning pasportidan foydalangani uchun immigratsiya qonunchiligini buzish ayblovi bilan jazo o‘tayotgan bo‘lgan. Uning ozodlikka chiqishiga bor-yo‘g‘i 2 oy qolgandi.