BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh bu qarorni qutladi. Uning bu boradagi bayonoti BMT saytida chop etildi.
Yangi boshqarmaning tashkil qilinishi tashabbusini Guterreshning o‘zi bildirgan. U BMT Bosh assambleyasi raisi Piter Tomsonga BMTning terrorchilikka qarshi kurashishga javob beruvchi tuzilmalarida jiddiy islohot o‘tkazishga yo‘l qo‘yadigan rezolyutsiyani ko‘rib chiqqani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Siyosiy savollar bo‘yicha departamentdan yangi boshqarmaga terrorchilikka qarshi kurashish ofisi hamda maqsadli guruhi xodimlari o‘tkaziladi. Yangi tashkilot boshlig‘i BMT bosh kotibi o‘rinbosari maqomini oladi.











