Anjumanda so‘zga chiqqan “O‘zbekengilsanoat” AK raisi Ilhom Haydarov joriy yil may oyida YeI kengashi O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlarini import qilishga ruxsat bergani, Xalqaro Mehnat tashkiloti respublikada paxta yetishtirish hamda uning hosilini yig‘ib olishda majburiy bolalar mehnati yo‘qligini e'tirof etgani haqida ma'lum qildi. Bu esa, mamlakatda to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va eksport bozorini kengaytirishga ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. 

Shu bilan birga, uning qayd etishicha, bir vaqtlar o‘zbek to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari YeIning to‘qimachilik bozorida yaxshi talabga ega bo‘lgan. Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin istiqbolda O‘zbekistonning ushbu sohasida qiymati 2,2 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 120dan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirmoqda. 

Anjumanda bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar, YeI bozoriga qaytadan chiqish uchun qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashildi, muhokama qilindi.