Sobiq harbiy Jyennifer Nortemning qizi o‘g‘irlik inson tomonidan amalga oshirilmaganini bilgach, otasining ko‘ngli taskin topganini aytgan. "Nima deb o‘ylashni ham bilmay qoldik, chunki bu joyga endigina ko‘chib kelgandik", - deya izoh berdi u. Oila "o‘g‘rilarning qilmishi" ustidan kulgan.
Rolikni tasvirga olgan qo‘shnisi Devin Rivera-Dyukning so‘zlariga ko‘ra, olmaxonlar umumiy hisobda 10 ta bayroqchani o‘g‘irlib ketgan. Jonivorlar ulardan daraxt shoxlarida in qurishgan.










