«Nitstsa» hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Dortmundning «Borussiya» jamoasida davom ettiradi.
Futbolchining agenti Mino Rayolani bugun «Borussiya» ofisida ko‘rishgan.
«Ha, Balotelli Dortmundda o‘ynaydi», – deya javob qaytargan Rayola futbolchining kelajagi borasidagi savollarga.
Balotelli yakunlangan mavsumda «Nitstsa» safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol urgan.










