Nasmiy Muhammad Mahmud 1996 yilni hech ham unuta olmaydi. Shu yili 18 yoshni qarshi olgan o‘g‘li avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan. O‘shandan buyon u har yili Ramazon oyida Abu-Dabining Hamdon ko‘chasidagi uyi oldida 300 kishiga (bepul) iftor o‘tkazadi.


"Men buning evaziga Ollohdan mukofot olishi mumkin bo‘lgan o‘g‘lim xotirasi uchun shunday qilaman", - deydi Mahmud iftor taomlarini tarqatar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p kishilar, ayniqsa ishchilar uning bu ezgu ishi uchun doim minnatdorchilik bildirishadi. "Ular marhum farzandim uchun duo qilishlarini aytganlarida halovat topganday bo‘laman", - deydi u.
Uning atrofida qo‘llab-quvvatlovchilari ham talaygina, ular iftorga yaqin Mahmudning uyi oldiga kelib, dasturxon bezashda, taomlarni tarqatishda yordam berishadi.


Mahmud iftor uchun restorandan tovuq yoki qo‘y go‘shtidan tayyorlangan taomlarni keltiradi hamda ularni suv, laban va sharbat kabi ne'matlar bilan tarqatadi.
Mahmud Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining iste'fodagi xodimi hisoblanadi. Uning bir qizi va uch o‘g‘li ham xayrli ishda otasini qo‘llab-quvvatlab kelishadi.











