Ayni vaqtda kelib Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr, Liviya, Yaman va Maldiv Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizm bilan hamkorlik qilishda hamda Eronni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni «asoslanmagan fikrlarga tayangan hamda to‘g‘ri bo‘lmagan chora», deb baholadi.











