Malagada kechgan uchrashuvda «Real» Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 93 ochko to‘pladi va 2012 yildan so‘ng ilk marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. 

«Barselona» esa «Eybar»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Lionel Messining dubli va Luis Suares va bitta avtogol Luis Enrikening so‘nggi uchrashuvida g‘alabani taqdim etdi, ammo bu chempionlik uchun yetarli bo‘lmadi.

Ispaniya La-ligasi, 38-tur

Malaga – Real Madrid 0:2 (0:1)

Gollar: Ronaldu (2), Benzema (55).
Malaga: Kameni, Vilyanueva, Rikka, Torres, Ernandes, Resio, Kamacho, Fornals, Keko (Chori Kastro, 60), Xoni Rodriges (Duda, 72), Sandro Ramires (Sharles, 69).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Isko (Xames, 66), Kazemiro (Kovachich, 66), Kroos, Modrich, Ronaldu, Benzema (Morata, 73).
Ogohlantirishlar: Kameni (56), Xoni Rodriges (57).

 

Barselona – Eybar 4:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 7 Inui, 0:2 – 61 Inui, 1:2 – 63, avtogol Junka, 2:2 – 73 Suares, 3:2 – 75, penalti Messi, 4:2 – 90 Messi.
Barselona: ter Stegen, Suares, Umtiti, Alba, Buskets, Marlon, Rakitich (Pako Alkaser, 71), Serdji Roberto (Andre Gomesh, 46), Inesta, Neymar, Messi.
Eybar: Yoel, Arbilya, Junka, Kapa, Lejyen, Penya (Leon, 68), Eskalante (Rivera, 83), Dani Garsiya, Inui, Enrik (Galves, 76), Kike.
Ogohlantirishlar: Eskalante (19), Kapa (30), Buskets (41), Penya (54).
Chetlatish: Kapa (74).