«Yirik siyosiy va iqtisodiy markazlarda noaniqlik tobora o‘sib borayotgani, masalan, aytaylik, Qo‘shma Shtatlarda ichki siyosiy kurash davom etayapti, nafaqat siyosat, balki iqtisodiyotda ham ma'lum bir asabiylashishga sabab bo‘lmoqda», — degan Putin.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa hamjamiyati Brexit jarayoni «qanday o‘tishi, natijalar qanday bo‘lishi»ni tashvish bilan kuzatib turibdi. Shunga ko‘ra, Putinning fikricha, «qandaydir barqarorlikka umid uyg‘otuvchi ishoralarga talab bor».












