"Turkiya Kurdiston ishchi partiyasining qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha birorta bevosita yoki bilvosita tashabbusga toqat qilmaydi. AQSh va Turkiya NATO bo‘yicha ikki muhim ittifoqdosh. Shuning uchun Anqara AQSh bunday keskin choralarga bormaydi hamda strategik hamkor va terrorchilar o‘rtasidagi tanlov oldida qolmaydi, deb umid qiladi", deb aytdi Yildirim.
"O‘ylaymanki, AQSh rahbariyatida Anqaraning Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik tashkilotiga tegishli masalalarga qaltis munosabatdaligini hisobga olishiga imkon bor. Agar Anqaraning pozitsiyasi inobatga olinmaydigan boshqa qadamlar qabul qilinsa, ularning salbiy oqibatlari nafaqat Turkiyaga, balki AQShga ham ta'sir qiladi", deb ogohlantirdi Turkiya bosh vaziri.











