«Hammasi juda o‘zgarib ketdi. Aksariyat yaxshi filmlar prokatda o‘zini oqlayotgani yo‘q, men suratga olishni istamagan narsalar esa aksincha muvaffaqiyat qozonmoqda», - degan Linch.

Shu bilan birga, Linch rejissyor sifatida «Tvin Piks» serialining yangi mavsumini suratga oldi, u 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta ekranlarga qaytadi. Loyiha yangi qismlari premerasi Kann festivalida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Devid Linch nomzodi to‘rt marta «Oskar» mukofotiga qo‘yilgan, 1990 yilda esa u Kann festivali g‘olibi bo‘lgan.