«Fikrimcha, u baribir qayta jang uyushtirilishini xohlab qoladi. Chunki jangchi to‘xtatish kerakligini anglab yetuvchi eng so‘nggi odam. Biroq uning atrofida unga maslahat beruvchi insonlar — suyukli yori, akasi bor. Ular unga qasos jangi o‘tkazmasligini maslahat berishlari kerak», — deya britaniyalik bokschining so‘zlarini keltiradi Boxingscene.com portali.

Joshuaning qayd etishicha, u Vladimir Klichkoni inson va bokschi sifatida nihoyatda hurmat qiladi, biroq ukrainalik bokschi yana ringga chiqishni istasa, u albatta bu chaqiruvni qabul qiladi. 

O‘tgan shanbada Entoni Joshua Vladimir Klichkoni chempionlik jangida texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang uchun tuzilgan shartnomaga ko‘ra, qasos olish uchun qayta jang o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.