Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi - Xorazm Ma'mun akademiyasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Shuningdek Xorazm Ma'mun akademiyasining tuzilmasi, uning faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatida ilm-fan bilan bog‘liq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Xorazm Ma'mun akademiyasi huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.

Qarordan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga topshiriqlar berildi.