Sharshara shunisi bilan mashhurki, vaqti-vaqti bilan muzlikdan qizil suv oqa boshlaydi, bu esa uning tarkibida temir moddasi borligi bilan bog‘liq. Olimlar radar yordamida bu suv manbaini aniqlashga erishishdi. Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, bu suv juda sovuq muzlikda ham suyuq holda saqlanib turishi mumkin, avval esa bu imkonsiz, deb hisoblangan.

«Qanchalik g‘ayritabiiy eshitilmasin, suv muzlaganida o‘z issiqligini beradi, hamda u o‘rab turuvchi sovuq muzni eritib yuboradi, - deya aniqlik kiritishdi ilmiy izlanma mualliflari. – Teylor muzligi suyuq suv oquvchi eng sovuq joy sanaladi».