Musicha uchrashuvning 3-setida o‘rtadan tortilgan to‘rning bir chekkasidan qo‘nim topib, u yerdan o‘z xohishicha ketishni istamagan. Shunda to‘pni uzatib beruvchi bola uni quvib yuborishga uringan. Biroq "surbet" musicha kortni tark etishni istamagan. U nariga uchib, oz fursatdan keyin yana kortga qaytib uchrashuvni davom ettirishga xalaqit qilgan. Shunda vaziyatga tennischilarning o‘zlari aralashib, musichani chetga quvib yuborishgan.

Uchrashuv esa Nadalning 6:0, 5:7, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.