"Shapenkoense" 8-turda 2:0 hisobida "Joinvil" klubini mag‘lub etib, chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda o‘ziga g‘alabani kafolatladi.
"Shapekoense" rahbariyati 2017 yanvarda klubni tiklash uchun 20 ga yaqin futbolchini safiga taklif qilgandi.
"Biz bir necha futbolchilarni ijaraga oldik. Bu sifat, vaqt va byudjyet o‘rtasida muvozanatga erishishga imkon berdi. Ko‘plab klublar bizning hamkorlarimizga aylandi. Biz 90 ga yaqin futbolchini ko‘rikdan o‘tkazib, ulardan 50 nafarini saralab olib, 38 futbolchidan iborat ro‘yxatni tuzdik. Endi bizda mavsumoldi tayyorgarlikni boshlash uchun bir guruh futbolchilar bor, biroq bu miqdor kamayadi", deb klub direktori Ruy Koshta aytgan so‘zlarni











