Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 pog‘ona yuqorilab 586 ochko bilan 60-o‘rindan joy oldi. O‘zbekiston terma jamoasi reytingda bir pog‘ona pastlagan Rossiya terma jamoasini ortda qoldirdi.
Osiyoda O‘zbekiston terma jamoasi 6-o‘rnini saqlab qolgan. Qit'ada Eron (28-o‘rin), Janubiy Koreya (43), Yaponiya (44), Avstraliya (50) va Saudiya Arabistoni (52) terma jamoasidan keyingi o‘rinda joylashgan.
Reytingning top-10ligida o‘zgarish yuz bergan Braziliya uzoq tanaffusdan keyin reytingda Argentinani quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Kolumbiya esa 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Belgiya 7-o‘ringa tushib ketgan.











