Manbaga ko‘ra, dushanba kuni kunduzi bolakay diametri 30 santimetr bo‘lgan himoyalanmagan quduqqa qulagan. Uni qutqarish amaliyotiga o‘nlab ekskavatorlar va buldozerlar jalb qilingan bo‘lib. Qutqaruv operatsiyasi 9 soatdan ortiq davom etgan. Nihoyat tungi soat 3:00 atrofida qutqaruvchilar bolani quduqdan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, hozirda bolakay o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shunga qaramay, u biroz vaqt shifoxonada, shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.











