Bu haqda Misr qurolli kuchlari rasmiy vakili, polkovnik Tamer ar-Rifaiy ma'lum qildi.
"Harbiy-havo kuchlari 18 mart kuni jangarilarning Sinaydagi pozitsiyalariga havodan zarba berishi natijasida 18 nafar jangari, jumladan IShIDning Misrdagi bo‘limi yetakchilaridan biri Abu Anas al-Ansoriy nomi bilan ma'lum bo‘lgan Salom Silmi al-Hamadin yo‘q qilindi", deb ma'lum qildi ar-Rifaiy.











