Saylovlarda 11ta partiya va 9ta koalitsiya qatnashmoqda. Bundan tashqari, 9 nafar mustaqil nomzod ham saylovchilar ishonchi uchun kurashmoqda.
7 milliondan ortiq kishi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish jarayonlarini 4 ming nafardan ortiq kuzatuvchi nazorat qilmoqda. Saylovning ilk norasmiy natijalari 20:00da ovoz berish uchastkalari yopilganidan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
2016 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Rumen Radev g‘alaba qozongan edi.










