Lavhada avtomobil hayvonning ortidan harakatlanayotgani, kutilmaganda kenguru to‘xtab, mashinani ko‘zdan kechirgan hamda transport vositasining kapotiga bir necha zarba tushirgan.
Internet tarmog‘idagi ayrim foydalanuvchilar tajovuzkor kenguru qiziq ko‘rinishda bo‘lganiga e'tibor qaratishgan. Hayvon hujum qilayotgan vaqtda og‘zida somon donasini ushlab turgan.
Aytish joizki, garchi kengurularni yoqimtoy hayvon deb o‘ylashsa-da, aslida ular ancha kuchli va atrofdagilarga xavf solishi mumkin.










