Bundan tashqari, ushbu ish bo‘yicha Argentina markaziy bankining sobiq rahbari Alexandro Vanoli va sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri Aksel Kisilof ham ayblanmoqda.
Bonadio Kirshnerga nisbatan 2016 yilning may oyida jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergovni boshlashga esa markaziy bank rahbariyatini valyutalarni bozor narxidan past narxda sotishi bo‘yicha ikki muxolif deputatning ayblovi sabab bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu operatsiyalardan ziyon bir necha mlrd pesoni tashqil qilishi mumkin.
Ayni vaqtda sobiq prezidentga nisbatan ikkita ish qo‘zg‘atilgan.











