Avvalroq, Viskonsin shimolida bir necha otishmalar ro‘y bergani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Politsiya boshqarmasi tashkil etgan matbuot anjumanida kapitan Tod Baetenning aytishicha, otishmalar Vausau aholi punktiga yaqin joyda, shahar banki, yuridik firmasi va turarjoy binosi yonida ketma-ketlikda sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, otishma oilaviy mojarodan kelib chiqqan. Politsiya gumondorni qo‘lga olgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.











