Qozog‘iston prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu teatr 2013 yilda foydalanishga topshirilgan. Tomosha zali 1250 kishiga mo‘ljallangan. Qozog‘istonning ko‘plab madaniy tadbirlari mazkur teatrda o‘tkaziladi.

«Oliy martabali mehmon teatr bilan tanishtirildi. Prezidentlar bu yerda «Qiz Jibek» operasini tomosha qildilar», — deyiladi xabarda.