Bunga qadar Asadjon Xo‘jayev bosh vazir ijro etuvchi apparati rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

Undan oldinroq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U 1970 yilda Chimkentda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1993 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi TATU) tamomlagan. Turli yillarda Intellektual mulk agentligi bosh direktori, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.