Ta'kidlanishicha, Qirg‘izistonga yilning ilk oyi yakuni bo‘yicha 121,4 mln. dollar o‘tkazilgan. 2016 yilning dekabrida esa bu summa biroz ko‘proq edi - 156,7 mln. dollar. Shu bilan birga, jo‘natmalarning katta qismi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi – 117,9 mln. dollar.
Qirg‘izistondan esa 23,8 mln. dollarlik pul jo‘natmalari yuborilgan. Bu 2016 yilning dekabri bilan taqqoslaganda 8,1 mln. dollarga kamroq. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, o‘tkazmalarning katta qismi – 23,5 mln. dollar – Rossiyaga yuborilgan.











