"Niderlandiya menga Turkiyaning Rotterdamdagi konsulligiga kirishga yo‘l bermay, barcha xalqaro qonunlar, konvensiyalar va inson huquqlarini buzmoqda", deb yozgan vazir tvitterda. 

Niderlandiya politsiyachilari Kayyani Germaniya chegarasigacha eltib qo‘yishga qaror qilishgan. Biroq ayni vaqtda turk vaziri chegaraga golland politsiyasi hamrohligisiz yo‘l olmoqda. Bu haqda Rotterdam meri Ahmad Abutolib ma'lum qildi. 

"Vazir Germaniyaga ketmoqda. Uning hamrohlari va qo‘riqchilari ham u bilan birgalar", deb aytgan Abutolib.

Abutolibning aytishicha, turk konsuli Kayyaning kelishi va uning rejalari borasida hammani yanglishtirgan. "U yolg‘on gapirgan" deb aytdi Abutolib.

Avvalroq Niderlandiya hukumati mamlakatda turk siyosatchilarining chiqishlarini taqiqlab qo‘ygandi. Biroq shunga qaramay, 11 mart kuni Kayya Germaniyadan Niderlandiyaga kelgan. Biroq Niderlandiya politsiyasi unga Turkiyaning konsulligi yonida to‘plangan turk jamoasiga murojaat qilishga hamda konsullik binosiga kirishga yo‘l bermagan. So‘ngra Kayya "nomaqbul xorijlik" deb atalib, ortiga qaytarilgan.