Bu holat aks etgan videoda bolakay avval otasiga mehr bilan qarab turgani, so‘ngra uning pinjiga kirishi tasvirlangan.
Ta'kidlash joizki, bolakay tug‘ilganidan keyin kasalligi tufayli bir necha oy shifoxonada yotgan. Unda ko‘rish qobiliyati bilan muammolar paydo bo‘lgan va shifokorlar unga ko‘zoynak taqishni buyurishgan. Bolaning onasi farzandiga otasi bilan birinchi uchrashuvi uchun ataylab ko‘zoynagini taqib qo‘ygan.











