Mamlakatning aloqa, iqtisodiyot va fan vaziri Bruno Kone kakao narxining keskin pasayishi mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir qilmasligiga ishonchi komilligini aytgan.

"Kot-d'Ivuarda kakao narxi pasayganiga  qaramasdan, bu xarajatlarga bardosh berish uchun zaxiralar yetarli. Bu anchagina pasayish bo‘ladi, biroq mamlakat moliyaviy muvozanatining yo‘qolishiga olib kelmaydi. Bunda hech qanday fojiali narsa yo‘q", deb aytgan vazir.

Kot-d'Ivuarning 2016 yilgi byudjyet defitsiti yalpi ichki mahsulotining 3,8 foizini tashkil qilgan. Hukumat 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3,4 foizgacha qisqarishiga umid bildirmoqda.