Merning aytishicha, anjumanlar markazi egalari Chovusho‘g‘lu ishtirokidagi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsatlarini ortga chaqirtirib olishgan. "Agar ular buni qilishmaganda, mening o‘zim jamoat tartibiga xavf mavjudligi sababli buni qilgan bo‘lardim", deb aytgan shahar meri. Abutolibning umid qilishicha, Chovusho‘g‘lu umuman Niderlandiyaga kelishdan voz kechadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Rotterdamdagi nutqida Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar qo‘llab-quvvatlangan tashviqot olib borishi kerak edi. Avvalroq Gollandiya hukumati Chovusho‘g‘luning tashrifi nomaqbul ekanligini aytgandi.
8 mart kuni Turkiyaning Niderlandiyadagi elchixonasi oldida Chovusho‘g‘luning tashrifiga norozilik sifatida namoyish bo‘lib o‘tgan.











