11 aprelda Shveytsariya parlamentining sport bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Sonning nomzodi qo‘yilishi ma'qullanishi kerak. Son nomzodini qo‘yish haqidagi qaror ishchi guruhning tadqiqoti asosida qabul qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Olimpiada Shveytsariyaga 2,1–2,5 mlrd shveysar franki miqdorida daromad keltirishi mumkin.
Son Shveytsariyaning g‘arbida joylashgan bo‘lib, uch marta qishki Olimpiadani o‘tkazishga (1976, 2002 va 2006 yillar) da'vogarlik qilgan.
2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga, shuningdek, Olmaota (Qozog‘iston), Aosta (Italiya), Stokgolm (Shvetsiya), Kalgari (Kanada) va yana bir qancha shaharlar ham da'vogarlik qilmoqda. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2026 yilgi Olimpiada mezboni bo‘yicha yakuniy qarorni 2019 yil oxirida qabul qiladi.











