Xiaomi birinchilardan bo‘lib 10 nanometrli texnik jarayon bo‘yicha yaratilgan protsessorni taqdim etadi. Ayni damda faqatgina Qualcomm shunga o‘xshash chipni ko‘rsatgan - Snapdragon 835. Pinecone V970 ko‘p ehtimol bilan 2017 yilning yangi protsessorlari bilan raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Pinecone V970’ning o‘ziga xos jihatlari:
• Texjarayon: 10 nanometr;
• Protsessor: 8 yadro: Cortex-A73 4 yadro + Cortex-A53 4 yadro;
• Grafika: 12 yadroli Mali-G71.
Hamyonbop nusxa
Pinecone V670 chipi o‘rta va past narxdagi smartfonlarda ishlatiladi. U Snapdragon 430 va MediaTek MT6738T protsessorlari bilan raqobat qilishi mumkin.
Pinecone V670’ning o‘ziga xos jihatlari:
• Texjarayon: 28 nanometr;
• Protsessor: 8 yadroli Cortex-A53;
• Grafika: 2 yadroli Mali-T860.











