Mehmondo‘st O‘zbekistonga qaytish

Qishning go‘zal manzarasini o‘zida aks ettirgan bepoyon dalalar 

Bizga tushlik tayyorlanmoqda, Mo‘ynoq

Vladimirning Mo‘ynoqdagi ajoyib ustaxonasi

Qachonlardir Mo‘ynoqda suv ko‘p bo‘lgan, sovet davrida Orol suvi sug‘orish ishlariga yo‘naltirilgan. 40 yil o‘tgach, mening qadrdon do‘stim va ijtimoiy tarmoqlardagi assistentim sobiq Orol dengizi tubida qor va kemalar sharpasi oralab sayohat qilmoqda

Uch g‘ildirakli aravada O‘zbekistonning g‘arbidagi tarixiy nomi Oks bo‘lgan Amudaryo tomon kichik sayohat

Qadimiy Xivaning sokin ko‘chalaridagi nafas

Ikki kishilik dasturxon

Xivadagi xonadon hovlisida quritilayotgan kiyimlar

Uch yuz yillik eshik ortidagi tasavvur oqimi, Buxordagi Mir Arab madrasasi

5 yoshli Beknur Baxtiyorov sunnat to‘yidagi maxsus marosimdan oldin Paxlavon Mahmud maqbarasidagi muqaddas buloq suvidan ichmoqda, Xiva

Instagram foydalanuvchilari Jon Stenmayyerning O‘zbekistonda olgan surat va videolarini yuqori baholashgan. Ayniqsa Mir Arab madrasasida olingan kichik video ostidagi izohlarda foydalanuvchilarda katta taassurot qoldirgani ko‘rinib turibdi. Shunisi diqqatga sazovorki, uning sahifasida o‘zbekistonlik hamyurtlarimiz ham o‘z izohlarini qoldirib, Stenmayyer bilan muloqot qilishgan. 

Jon Stenmayyer 1964 yilda AQShning Illinoys shtatida dunyoga kelgan. U World Press Photo'ning "Yil surati" nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek Stenmayyer - "Emmi" mukofotining "Axborot va hujjatli ko‘rsatuvlar yaratishda yangicha yondashuvlar" nominatsiyasi nomzodi.