Yaqinda Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8 Edge smartfonlari uchun Yaponiyaning Murata Manufacturing batareyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolagani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Endilikda, korporatsiya batareyalarni yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha pudratchi sifatida Sony kompaniyasini tanlagan, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayangan holda.
Yanvar oyi oxirida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 fabletofonlarining portlashi va yonib ketishiga doir tadqiqot natijalarini e'lon qilgan edi. Samsung muhandislari va mustaqil ekspertlarning fikricha, telefonlarning yonishiga akkumulyatorlarni loyihalashdagi noto‘g‘ri hisob-kitoblar va qurilmalarni yig‘ishning texnologik jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab bo‘lgan.










