Uning qayd etishicha, Rossiya elchisi bilan muzokaralarda sanksiyalar masalasi muhokama qilinmagan. Maykl Flinning ta'kidlashicha, u Kislyak bilan telefon orqali muloqotida «chegarani kesib o‘tmagan». Flinning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday bo‘lganida bu haqda FQB (Federal qidiruv byurosi) bilgan bo‘lar edi. 

Sobiq maslahatchi Kislyak bilan 35 nafar rossiyalik diplomat masalasini qisqacha muhokama qilgan. 

«Suhbat sanksiyalar haqida bo‘lgani yo‘q. Muloqot mamlakatdan chiqarib yuborilgan 35 nafarga yaqin kishi xususida bo‘ldi. Suhbat shunday bo‘ldi: «Men nima bo‘lganidan xabardorman. Biz buni ko‘rib chiqamiz». Men hech qachon: «Biz sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqmoqchimiz» yoki shunga o‘xshash narsalarni gapirganim yo‘q», — degan Flinn.