«Men prezident Donald Trampning kuchli boshqaruvida vitse-prezident Mayk Pens va ajoyib jamoa yig‘ilgan, bu jamoa AQSh tarixiga kiradi, men qattiq ishonamanki, Amerika xalqi ularga Amerikani yanada buyuk qilishda yordam beradi», — deyilgan Flinning maktubida.

U «shunday hal qiluvchi pallalarda» AQShga xizmat qilganidan faxrlanishini aytgan.

Flinn qo‘shimcha qilganki, uning uchun Tramp bilan, «3 hafta ichida AQSh tashqi siyosatini tubdan o‘zgartirib, bu mamlakatni yana dunyodagi yetakchi davlatga olib chiqqan» siyosatchi bilan ishlash sharaf bo‘lgan.

U Trampga «shaxsiy ishonchi» uchun minnatdorchilik bildirgan.

Trampning Rossiya bilan aloqalari borligi aytilgan maslahatchisi iste'fo berdi

Rus elchisi bilan gaplashgan amerikalik amaldor nega iste'foga chiqdi?