«Barselona» va «Alaves» uchrashadigan final o‘yini Madriddagi «Visente Kalderon» stadionida o‘tkaziladi.

Ispaniya kubogining 2016/17 yilgi mavsumdagi hal qiluvchi uchrashuvi 27 may kuni o‘tkaziladi. «Atletiko» uchrashuvni o‘z stadionida qabul qilishga rozilik bergan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Atletiko» yangi qurib bitkazilayotgan stadionida har doim kubok finallarini o‘tkazishni taklif qilib chiqqandi.