1News.uz saytining yozishicha, bu kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, Rossiyaning eng nufuzli oligarxlaridan biri Alisher Usmonovdir.

Lekin saytda Alisher Usmonov Burxonovich emas, Alisher Usmonov Hamidxonovich ismi sharifi keltirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida bergan intervyularidan birida Alisher Usmonov O‘zbekistonga foyda beradigan barcha narsani qilishga tayyorligi haqida aytib o‘tgandi.

U O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanishga tayyorligini ma'lum qildi, shuningdek, mamlakatdagi loyihalarga investitsiya kiritish va bu yerda xayriya jamg‘armasi tashkil qilish niyati haqida gapirib bergandi.