Pan Gi Mun taklifni olganida Nyu-Yorkda edi, u butunjahon tashkilotining bosh kotibligi lavozimini tark etishga hozirlik ko‘rayotgandi. Dekabr oyi oxirida u vatani Janubiy Koreyaga qaytdi. Pan Gi Mun bu yerda mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surishi kutilayotgandi. Biroq uning rejalari kutilmaganda o‘zgarib ketdi.
"Harvard universiteti tomonidan taklif olingan ekan, u ko‘rib chiqilayapti", — deya Pan Gi Mun atrofidagi manba so‘zini keltiradi axborot agentligi. So‘nggi qaror 16 fevralda qabul qilinishi kutilmoqda.











