Ta'kidlanishicha, bo‘shatilgan davlat xizmatchilaridan yarmidan ko‘pi milliy ta'lim vazirligida ishlaganlar.  

Turkiyada to‘ntaruvga urinishdan keyin umumiy hisobda 125 ming kishi o‘z ishidan bo‘shatilgan yoki hibsga olingan. Rasman 40 mingga yaqin harbiy va politsiyachi hibsga olingan.