"Kecha Lockheed Martin bilan 90 ta F-35 samolyoti sotib olish bo‘yicha ajoyib bitim tuzildi. Samolyotlardan 55 tasi AQSh harbiylari uchun xarid qilinib bo‘ldi", deb aytgan Spayser matbuot-anjumanda. 

Uning aytishicha, samolyotlar avvalgi narxidan 7,5 foizga arzonroq taqdim qilingan. Shu tariqa taqdim qilingan chegirma tufayli AQSh soliq to‘lovchilarining 455 mln dollari tejab qolingan. 

"Bu amerikalik soliq to‘lovchilar uchun prezident erishgan yana bir katta g‘alaba", deb aytgan Spayser.