Hisobni 68-daqiqada mezbonlar hujumchisi Edin Djyeko ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib Luka Garritano hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 97-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirgan Totti rimliklarga g‘alaba keltirdi.
Yarim finalda «Roma» «Latsio» bilan kuch sinashadi.
Italiya kubogi, 1/4 final
Roma – Chezena 2:1 (0:0)
Gollar: Djyeko (68), Totti (90+7, penalti) – Garritano (73).
Roma: Alisson, Manolas, Jyezus (Nainggolan, 46), Mariu Ruy, Ryudiger, Perotti (Djyeko, 21), Paredes, Ash-Shaaravi (Emerson, 82), Strotman, Bruno Peres, Totti.
Chezena: Alyardi, Rijone, Liji, Rentsetti, Pertikone, Laribi (Garritano, 57), Kone, Vitale, Baltsano, Chiano (Kokko, 73), Rodriges (Paniko, 86).
Ogohlantirishlar: Laribi (44), Garritano (69), Rodriges (84), Manolas (90).











